Mahsulot keldi
Nakladnoyni kiriting, qoldiq va oʻrtacha tannarx oʻzi yangilanadi. Hujjat kech kiritilsa, oʻtgan sotuvlar ham qayta hisoblanadi.
Tayyor

KiPOS restoran va kafelar uchun kassa, ombor va tannarx tizimi. Asosiy server restoraningiz ichida turadi, shuning uchun savdo internetga bogʻliq emas.
Sinab koʻring: taom qoʻshing, toʻlang va internetni uzing.
Buyurtma
Cheklar127
Food cost28,6%
Fiskal navbatda0
Toʻlovdan keyin xomashyo shu yerda chiqadi
Ertalabki kirimdan keyingi tonggi hisobotgacha. Ekranlar KiPOS’dan, raqamlar namuna.
Nakladnoyni kiriting, qoldiq va oʻrtacha tannarx oʻzi yangilanadi. Hujjat kech kiritilsa, oʻtgan sotuvlar ham qayta hisoblanadi.
Tayyor

Kassir PIN kodi bilan kiradi va smenani ochadi. Kim qachon ishlagani yozib boriladi.
Tayyor

Taom bir bosishda qoʻshiladi. Katta porsiya, piyozsiz, qoʻshimcha sous: modifikatorlar shu yerda. Toʻlov naqd, karta yoki aralash.
Tayyor

Buyurtma ekranda yoki chek printerida chiqadi. Har taom oʻz stantsiyasiga boradi, taymer kechikishni koʻrsatadi.
Pilotgacha, konsept dizayn

Bir porsiya osh sotildi: guruch 100 g, goʻsht 75 g, sabzi 100 g. Hech kim hech narsa kiritmadi. Qoldiq manfiyga tushsa, oʻsha kuni koʻrasiz.
Tayyor

Goʻshtni 110 g dan 130 g ga oshirsangiz, tannarx 14 646 dan 16 511 soʻmga, food cost 42,1% dan 47,4% ga chiqadi. Saqlashdan oldin koʻrasiz.
Tayyor

Kim, qachon va nega: hammasi oʻzgartirib boʻlmaydigan jurnalda. Ogohlantirish telefoningizga keladi.
Keyingi reliz, konsept dizayn

Tushum, oʻrtacha chek, food cost, manfiy qoldiq: kun natijasi bitta ekranda, istalgan brauzerda.
Tayyor

Kecha nima boʻldi va nimaga eʼtibor berish kerak. Choy ichguningizcha bilasiz.
Pilotgacha, konsept dizayn

Biznes oʻzgarsa, dastur almashmaydi.
Tayyor
Keyingi reliz
Keyingi reliz
Undan keyin
KiPOS hali pilot bosqichida, shuning uchun aniq aytamiz.
Oylik yoki yillik. Narx filial, kassa va modullar soniga qarab. Yangilanishlar avtomatik. Toʻlov kechiksa ham kassa toʻxtamaydi.
Bir marta toʻlaysiz, litsenziya muddatsiz. Hammasi oʻz serveringizda. Yangilanish va yordam ixtiyoriy.
Aniq narxni pilotdan oldin kelishamiz. 14 kun bepul sinov, karta kerak emas.
Kassa, naqd va karta toʻlovi, oshxona, printer va ombor restoran ichidagi serverda ishlaydi. Fiskal cheklar navbatda turadi va internet qaytgach yuboriladi. Payme va Click QR, agregator buyurtmalari va SMS internet qaytguncha ishlamaydi.
Fiskal chek va MXIK kodlari birinchi pilotgacha ulanadi. Hozirgi demoda chek fiskallashtirilmaydi.
Windows kompyuter yoki monoblok (4 yadro, 8 GB RAM, SSD) yoki Android POS. Kichik kafeda server va kassa bitta kompyuterda ishlaydi.
Menyu, texkarta va qoldiqni Excel yoki eski tizimdan import qilish rejalashtirilgan. Pilotda maʼlumotlaringizni birga koʻchiramiz.
Savdo maʼlumoti restoraningizdagi serverda. Bir martalik litsenziyada hammasi sizda qoladi, obunada nusxasi bulutda ham saqlanadi.
Narx filial, kassa va modullar soniga bogʻliq. Aniq taklifni pilot uchun birga kelishamiz.
Hozir pilot uchun fast-food va kofeynyalar bilan gaplashyapmiz. Restoran rejimi keyingi relizda, talablaringizni hozirdan yozib olamiz.
Fast-food yoki kofeynya egasimisiz? Ariza qoldiring: demo koʻrsatamiz va restoraningizga moslab boshlaymiz. Restoran yoki toʻyxona boʻlsa ham yozing, talablaringiz keyingi relizga kiradi.
Yoki toʻgʻridan-toʻgʻri: